Maqolalar
Gipertoniya: qon bosimini qanday nazorat qilish kerak
Foydali-maqolalar
Gipertoniyani «sokin qotil» deb bejiz atashmaydi: yuqori qon bosimi yillar davomida hech qanday belgi bermasligi mumkin, ammo bu vaqt ichida yurak, miya, buyrak va ko'zlarga zarar yetkazadi. Doctor Hasan Medical Center kardiologi qon bosimini qanday to'g'ri nazorat qilishni tushuntiradi.
Qaysi ko'rsatkich «yuqori» hisoblanadi?
Me'yorda qon bosimi taxminan 120/80 atrofida bo'ladi. Takroriy o'lchovlarda 140/90 va undan yuqori bo'lsa — bu gipertoniya, shifokor nazorati talab qilinadi.
Nega xavfli?
- Insult va infarkt xavfini bir necha barobar oshiradi;
- Buyrak faoliyatini asta-sekin buzadi;
- Ko'rishga zarar yetkazadi;
- Ko'pincha hech qanday belgisiz kechadi — bosh og'rig'i yoki shovqin faqat ba'zilarда bo'ladi.
Bosimni to'g'ri o'lchash qoidalari
- O'lchashdan oldin 5 daqiqa tinch o'tiring;
- Kofe va chekishdan keyin kamida 30 daqiqa kuting;
- Qo'l yurak darajasida, suyanchiqli stulda o'tirib o'lchang;
- Ertalab va kechqurun, natijalarni yozib boring — shifokorga shu kundalik juda muhim.
Davolash: faqat dori emas
- Tuzni kamaytirish, vaznni me'yorga keltirish;
- Kunlik harakat (30 daqiqa yurish ham katta foyda);
- Chekishni tashlash;
- Shifokor tayinlagan dorini har kuni, uzluksiz ichish — «bosim tushdi, tashlab qo'ydim» eng katta xato.
Doctor Hasan Medical Center'da kardiologiya
Klinikamizda kardiolog ko'rigi, EKG, Holter monitoring va laborator tahlillar bir joyda — bosim sababini aniqlab, individual davolash tanlaymiz. 40 yoshdan oshgan bo'lsangiz, bosimingizni bilib yuring — bu eng oddiy va eng muhim tekshiruv. Qabulga telefon yoki sayt orqali yoziling.
Ushbu yo'nalish shifokorlari
Shu mavzuga oid xizmatlar
Doctor Hasan Medical Center, Toshkent — Sebzor massivi 1
