Maqolalar
Holter va Smart EKG: yurakni 24 soat kuzatish
"Yuragim goho tez uradi, goho to'xtab qolganday bo'ladi" — bunday shikoyatда oddiy EKG ko'pincha hech narsa ko'rsatmaydi, chunki xuruj shifokor oldida takrorlanmaydi. Aynan shu holatlar uchun Holter va Smart EKG bor. Doctor Hasan Medical Center kardiologi bu tekshiruvlar nima uchun kerakligini tushuntiradi.
Oddiy EKG va Holter — farqi nimada?
- Oddiy EKG — yurak ishini bir necha soniya ichida qayd etadi. Xuruj o'sha paytda bo'lmasa, u ko'rinmaydi.
- Holter monitoring — kichik apparat 24 soat (yoki undan uzoq) yurakni to'xtovsiz yozib boradi. Siz odatdagidek yurasiz, ishlaysiz, uxlaysiz — apparat esa har bir uzilishni qayd etadi.
- Smart EKG — kompakt, portativ qurilma; qulaylik va tezkor natija uchun.
Kimga Holter kerak?
- Yurak "tez-tez", "notekis" yoki "to'xtab qolgandek" urishi;
- Sababsiz bosh aylanishi, hushdan ketishga moyillik;
- Ko'krakdagi og'riq yoki nafas qisilishi xurujlari;
- Gipertoniya bilan yashovchilarni nazorat qilish;
- Aritmiya davolashi qanchalik samarali ekanini baholash.
SMAD — bir sutkalik qon bosim nazorati
Holter'ga o'xshab, SMAD (bir sutkalik qon bosim monitoringi) qon bosimini kun davomida o'lchab boradi. Bu "oq xalat gipertoniyasi" (shifokor oldida bosim ko'tarilishi) va tunги yashirin ko'tarilishlarni aniqlaydi — oddiy bir martalik o'lchov buni ko'rsatmaydi.
Tekshiruv qanday o'tadi?
Ko'krakka kichik elektrodlar yopishtiriladi, apparat beliga taqiladi. Siz uni bilan uyga ketasiz va odatdagi hayotingiz bilan yashaysiz — faqat suvga tushmang. Kunlik faoliyatingizni (yurish, uyqu, stress) qisqa qaydnomada belgilab borasiz. Ertasi kuni apparatni qaytarasiz, kardiolog natijani tahlil qiladi.
Nima uchun Doctor Hasan'da?
- Zamonaviy Holter, Smart EKG va SMAD apparatlari;
- Tajribali kardiolog natijani batafsil sharhlaydi;
- Zarur bo'lsa — yurak UZIsi (ExoKG), laboratoriya — bir binoda;
- Aniq tashxis asosida individual davolash rejasi.
Yurak uzilishlarini "o'zi o'tib ketar" deb kutmang — ba'zi aritmiyalar jiddiy asoratlarga olib keladi, lekin o'z vaqtida aniqlansa yaxshi boshqariladi. Qabulga telefon yoki sayt orqali yoziling.
